Pin-Up bukmeykerlik kompaniyasi tomonidan oʻz mijozlariga taqdim etilayotgan xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanish uchun tizimda roʻyxatdan oʻtish jarayonidan oʻtish zarur. Oʻzbekistonda yashovchi har bir voyaga yetgan shaxs bukmeyker saytida roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Ushbu materialda buni qanday amalga oshirish haqida batafsil aytib oʻtamiz.
Pin-Up bukmeykerida qanday roʻyxatdan oʻtish kerak
Roʻyxatdan oʻtish uchun oʻyinchi bukmeyker saytiga tashrif buyurishi kerak. Unga pin-up.bet manzili boʻyicha kirish mumkin. Shuningdek, mobil ilovadan foydalanish mumkin. Shundan keyin quyidagi amallarni ketma-ket bajarish kerak boʻladi:
- “Roʻyxatdan oʻtish” tugmasini bosing. U qizil rangda boʻlib, saytdagi har bir sahifasining yuqori panelida joylashgan.
- Maʼlumotlarni toʻldiring. Foydalanuvchi elektron pochta manzilini koʻrsatishi, keyinchalik tizimda avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladigan parolni oʻylab topishi va qayta kiritishi, shuningdek, oʻyin hisobi valyutasini va yashaydigan mamlakatini tanlashi kerak. Oʻzbekistonlik oʻyinchilar hamyon valyutasi sifatida oʻzbek soʻmidan foydalanishlari mumkin. Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng “Keyingi” tugmasini bosing.
- Anketani toʻldirishni davom ettiring. Keyingi bosqich amalda avvalgisining davomi hisoblanadi. Bu yerda foydalanuvchi oʻzi haqidagi asosiy maʼlumotlarni taqdim etishi kerak. Ism-familiya, jins, tugʻilgan kun, oy va yil, shuningdek yashash manzilini koʻrsatish talab qilinadi. Aynan shu bosqichda mobil telefon raqami ham koʻrsatiladi. Sizga maʼlumotlarni iloji boricha ehtiyotkorlik bilan kiritishingizni maslahat beramiz, chunki kelajakda ularni oʻzgartirish muammoli boʻlishi mumkin.
- Bukmeyker qoidalariga rozilik bildiring va “Roʻyxatdan oʻtish” tugmasini bosing.
- Agar barcha maʼlumotlar toʻgʻri kiritilgan boʻlsa va sayt talablariga javob bersa, hisob qaydnomasi yaratiladi va foydalanuvchi saytga kirish sahifasiga yoʻnaltiriladi.
Pin-Up Ozbekiston bukmeykerida roʻyxatdan oʻtish jarayoni yakunlanganidan keyin oʻyinchi depozit kiritish va sport turlariga pul tikish imkoniyatiga ega boʻladi.
Pin–Up Oʻzbekiston bukmeykerida shaxsni tasdiqlash
Bukmeykerlik kompaniyaida hisob qaydnomasi yaratishdan tashqari oʻyinchi Pin-Up bukmeykerida verifikatsiyadan oʻtishi ham kerak. Pul mablagʻlarini yechib olishda shaxsni tasdiqlash talab qilinadi. Verifikatsiyadan oʻtish haqida oldindan shugʻullanishingizni tavsiya qilamiz.
Hisob qaydnomasini verifikatsiyadan oʻtkazish uchun saytda avtorizatsiyadan oʻtishingiz va “Profil” boʻlimiga oʻtishingiz kerak. Bu yerda ikkita operatsiyani bajarishingiz kerak boʻladi:
- Mobil telefonni tasdiqlash. “Kodni yuborish” tugmasini bosing va SMS orqali olingan kodni tegishli maydonga kiriting.
- Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang. Avvaliga hujjat turini tanlang, keyin esa maxsus maydon orqali ushbu hujjatlarning skaner nusxalari yoki fotosuratlarini yuklang. Ikkita rasmni biriktirishingiz kerak – hujjatning skanerlangan nusxasi va ushbu hujjatni qoʻllaringizda ushlab turgan holda tushgan fotosuratingiz.
Qoidaga koʻra, hujjatlarni koʻrib chiqish va tekshirish uchun 24 soatgacha vaqt ketadi.
Koʻp beriladigan savollar
Pin-up.bet Oʻzbekiston saytida roʻyxatdan oʻtishda oʻyin valyutasini tanlashda xatoga yo‘l qoʻyildi. Nima qilish kerak?
Oʻyin hisobi valyutasini mustaqil ravishda oʻzgartirish mumkin emas. Qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling, ular yordam berishi mumkin.
Pin-Up bukmeykerida verifikatsiyadan oʻtish muddati nimaga bogʻliq?
Qoidaga koʻra, jarayon uchun bir kundan ortiq vaqt ketmaydi. Taqdim etilgan fotosuratlarning sifati qanchalik yuqori boʻlsa, mutaxassislar ularni oʻrganish uchun kamroq vaqt sarflaydi. Bundan tashqari, bu muddat bukmeykerlik kompaniyasida verifikatsiyadan oʻtkazish uchun qancha ariza borligiga bogʻliq.
Hisob qaydnomasini verifikatsiyadan oʻtish majburiymi?
Ha, bu jarayon majburiy hisoblanadi. Oʻyinchi tasdiqlanmagan hisobdan pul mablagʻlarini yecholmaydi.
Oʻzbek soʻmida hisob ochish mumkinmi?
Ha, bu valyuta mavjud valyutalar roʻyxatida bor.